Dilso'z

Ohlarim Maning Şarkı Sözü

Dilso'z

Yazı boyutu

Zora, senga yetsaydi
urgan ohlarim maning,
Yoshim yuvib ketsaydi
dilda dog‘larim maning.

Ko‘ngilda alam bilan,
qayg‘u bilan, g‘am bilan,
Ko‘zimda ginam bilan
yoshlik chog‘larim maning!

Oqqush ko‘ngil qo‘limda,
sog‘inch o‘ngu so‘limda,
Senga borar yo‘limda
baland tog‘larim - maning.

Ko‘ksimdan og‘riq ketmas,
bir lahzaga tark etmas,
Nahot seni eritmas
o‘t nigohlarim maning.

Chin oshiqlar makoni –
sahro, cho‘l-biyoboni,
Majnunlar xiyoboni
manzilgohlarim maning.

Yorum Yapın

E-posta adresiniz yayınlanmaz.

Yorumlar

Bu şarkıya henüz yorum yapılmamış. İlk yorumu siz yazın.