Sevdim oʻshal gulni – qadrim bilmadi hech, Sevdim oʻshal gulni – vafo qilmadi hech. Yolgʻonni rostga urolmadim, Bir tabassuming koʻrolmadim, Boshim koʻtarib yurolmadim – Vafo qilmadi hech! Sevdim oʻshal gulni – qadrim bilmadi hech, Sevdim oʻshal gulni – vafo qilmadi hech. Egildim hijronidan, Yiqildim osmonidan, Yotdek oʻtdim yonidan – Vafo qilmadi hech! Sevdim oʻshal gulni – qadrim bilmadi hech, Sevdim oʻshal gulni – vafo qilmadi hech. Qalbim toʻla armon, Qiynar shubha-gumon, Ammo sogʻindim yomon – Vafo qilmadi hech! Yolgʻonni rostga urolmadim, Bir tabassuming koʻrolmadim, Boshim koʻtarib yurolmadim – Vafo qilmadi hech! Sevdim oʻshal gulni – qadrim bilmadi hech, Sevdim oʻshal gulni – vafo qilmadi hech.
HATA BİLDİR
|
Yorum Yapın