Balki o‘chgan edim yodingdan, shirin xayolingni buzdimmu... Laylo! Laylo! Sening yoningda bir dam ko‘rmoqchiydim o‘zimni. Dilnavozim! Dilafgorim! Yoningga uchay, Laylo! Hislarimni yo‘llaringga marjondek sochay, Laylo! Senga yolg‘iz saqlaganim - qalbimni ochay, Laylo! Agar ishqimni rad etsang, qaylarga qochay, Laylo! Yana paydo bo‘ldim yo‘lingda, yo‘llaringda yana bo‘zladim. Bechora qalb – sening qo‘lingda, ko‘zlaringda – mening ko‘zlarim. Dilnavozim! Dilafgorim! Yoningga uchay, Laylo! Hislarimni yo‘llaringga marjondek sochay, Laylo!
HATA BİLDİR
|
Yorum Yapın